Siroj Hamroev: "Bunyodkor" bilan ikki marta durang o'ynadik"

Narzulla Saydullayev
16 avg 2016
"Mashal" - "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar himoyachisi Siroj Hamroev o'z fikrlarini bildirdi.

"Bir tur oldingi yirik mag'lubiyatdan so'ng o'z muxlislarimiz qarshisida faqat g'alaba qozonishimiz shart edi. "Bunyodkor" kuchli jamoa, OCHL ishtirokchisi. Keskin kurash kechdi va durang qayd etildi. Qizig'i bu mavsumda ikki martagina durang o'ynadik va ularning ikkalasi ham "Bunyodkor" bilan bahslarda kuzatildi", - deydi Siroj Hamroev.

"Mashal" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia