Singapur MRI talaba qizlari - chempion FOTOGALEREYA

Narzulla Saydullayev
29 iyun 2015, 12:10
O'zbekiston Ayollar futboli assotsiatsiyasi va Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda O'zbekistonda ayollar futbolini qo'llab-quvvatlash maqsadida 2015 yil 22 iyundan 28 iyungacha Toshkent oliygohlarining talaba qizlari o'rtasida ilk marotaba futbol turniri o'tkazildi.
Kecha mazkur turnirning final bahsi bo'lib o'tdi. Unda Singapur Menejmentlikni Rivojlantirish Instituti va Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti talaba qizlari o'zaro to'qnash kelishdi.

Muxtasham “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tgan final uchrashuvida Singapur MRI talaba qizlari TATU qizlarini 2:1 hisobida mag'lub etib, birinchi marta o'tkazilayotgan ushbu musobaqa g'olibiga aylandi.

Uchrashuvdan so'ng g'oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda turnirda ishtirok etgan barcha jamoaga esdalik sovg'alar va sertifikatlar topshirildi.

TATU talaba qizlariga kumush, musobaqa g'olibi - Singapur MRI talaba qizlaridan tashkil topgan jamoaga esa oltin medallar topshirildi.















Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com