Simone Dzadza "Milan" bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2018, 11:37
"Valensiya" hujumchisi Simone Dzadza katta ehtimol bilan klubni tark etadi va Seriyaga qaytadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, forvard vakillari "Milan" bilan mavsumiy maoshi 2,5 mln. evro bo'lgan 4 yillik shartnoma borasida kelishib olishgan. Nikola Kalinich rossonerlar tarkibini tark etganidan so'ng e'lon qilinadi.

"Valensiya" 27 yoshli forvardni 2017 yil "Yuventus"dan 17 mln. evroga sotib olgan edi. "Ko'rshapalaklar" Dzadzani kamida 30 mln. evroga sotishni mo'ljal qilishgan.

So'nggi mavsum hujumchi LaLiganing 31ta uchrashuvida 12ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia