

O'tgan mavsumni asosan "Yuventus"ning zaxira o'rindig'ida o'tkazgan Dzadza yangi mavsumda jamoasini o'zgartirmoqchi.
Simone Dzadzaning xizmatlariga Germaniyaning "Volfsburg" jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Yaqinda futbolchining agenti hamda klub vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgan va tomonlar transfer detallarini kelishib olishgan.
"Volfsburg" Dzadza uchun "Yuventus"ga 25 million evro bermoqchi.
Dzadzaga shuningdek, Angliyaning "Lester", "Suonsi" hamda "Vest Xem" klublari ham qiziqishgandi. Lekin Dzadza uchun kurashda "bo'rilar" chaqqonlik bilan ish yuritishmoqda.



