Simeone: "Ronaldu? Men uchun eng yaxshisi Grizmann"

Aslanov Jasurbek
26 avg 2016
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomiga kim munosib bo'lganini aytdi.

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jurnalistlar talqiniga ko'ra Yevropada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Bunday nomga erishganlar doimo ko'p mehnat qilgan bo'ladi. Ronalduni tabriklayman. Chempionlar ligasi va Yevropa chempionatidagi g'alaba unga ushbu muvaffaqiyatni olib keldi. Ammo men uchun eng yaxshisi Grizmann" - deydi Simeone.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS