Simeone: "Real" "Atletiko"dan kuchli, biz 110 foizga tayyor bo'lishimiz kerak"

Narzulla Saydullayev
28 sen 2013, 11:33
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Real"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz 110 foizga tayyor bo'lishimiz kerak. "Real" safida ajoyib o'yinchilar bor, ular bir ondayoq o'yin taqdirini o'zgartirib yuborishlari mumkin. "Real" "Atletiko"dan kuchliroq, tarkib juda kuchli, bundan tashqari ularda Karlo Anchelottidek buyuk murabbiy bor", - deydi Simeone ispan matbuotiga.

"Atletiko" oltita turdan so'ng 18 ochkoga, "Real" hisobida esa 16 ochko bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com