

Kataloniya klubi tarkibida Andres Inesta va Serxio Buskets jarohat tufayli maydonga tushmaydi.
"Bu futbolchilarning o'z o'yin sifati bor va "Barselona" biroz boshqacha o'ynaydi. So'nggi bahsda Vidal qanotda, Messi esa hujumchilarning ortida o'ynagan edi. "Barselona"da o'yin variantlari ko'p, ammo hujumdagi uchlikda o'zgarish bo'lmaydi. Messi bizga bosh og'riq bo'ladigan joyda o'ynaydi" - deydi Simeone.
Bahs bugun Madridda bo'lib o'tadi. Javob uchrashuvi 7 fevral kuniga rejalashtirilgan.



