Simeone: "Angliyada futbolning eng oliy darajasi o'ynaladi"

Mirjalol Normatov
10 okt 2021, 18:15
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Angliya chempionatining saviyasi haqida gapirdi.

"Ular doimo tezkor o'yin ko'rsatishadi. Angliyada futbolning eng oliy darajasi o'ynaladi.

Oldinlari ligada temp va dinamika yuqori bo'lardi, hozir unchalik darajada emas. Ayni vaqtda hamma taktikaga ko'proq e'tibor bermoqda. Barcha o'z poziciyasini yopishi va to'pni olib qo'yishda faol ishtirok etishi kerak. Angliyada bu tanaffussiz davom etmoqda", - dedi Simeone.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Pais