Silva: "Manchester Siti" Diego Kostani to'xtatib qolishiga ishonaman"

Aslanov Jasurbek
20 sen 2014, 13:38
"Manchester Siti" yarim himoyachisi David Silvaning takidlashicha, uning jamoasi Diego Kostani to'xtata oladi.
Kosta to'rtta uchrashuvda ettita gol urishga muvaffaq bo'ldi.
"Diego ajoyib o'yin ko'rsatib, uchrashuv taqdirini hal qilmoqda. U ettita gol urdi. Premer-ligaga ko'nikish oson emas, ammo u buni juda tez uddaladi. Bizda juda yaxshi himoyachilarimiz bor va biz Kostani to'xtata olamiz degan umiddaman. Maqsadimiz - bu bahsda g'olib bo'lish" - deydi Silva.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com