Shvetsiya kechagi dramatik o'yinda antirekord qayd etdi

Aziz Tukhtamuradov
24 iyun 2018, 07:47
Kecha oqshom Shvetsiya terma jamoasi guruh bosqichining 2-turida Germaniyaga alamli tarzda yutqazib (1:2) qo'ydi.

Yanne Andersson shogirdlari hisobda oldinda bora turib, yakunda mag'lubiyatga uchradi. Shvedlar ikkinchi bo'limda ikkita to'p o'tkazib yuborishdi. Ayniqsa, ikkinchisi juda alamli bo'ldi. 

Bir kishi kam bo'lib qolgan olmonlar asosiy vaqtga qo'shib berilgan so'nggi daqiqalarda Toni Kroos jarima zarbasidan kiritgan super goli evaziga o'ta muhim uch ochkoni qo'lga kiritishdi. 

Aynan mana shu o'yinda Shvetsiya antirekord qayd etdi. Skandinaviyaliklar mundiallarning sakkizinchi o'yinida hisobda oldinda bora turib, yakunda mag'lubiyatga uchrashdi. Bu jahon chempionatlari antirekordi hisoblanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif