Shunaqasi ham bo'ladimi? "Anji" o'z stadionida mashg'ulot o'tkaza olmayapti

Aslanov Jasurbek
26 noya 2018, 17:41
"Rubin"ga qarshi bahsdan oldin "Anji Arena" ijarasi uchun pul to'lanmaganligi tufayli "Anji" ushbu arenada mashg'ulot o'tkaza olmaydi.

"Anji" futbolchilari bugun mashg'ulot o'tkaza olishmadi, ularni maydonga kiritishmadi.

Maxachkalaliklar mavsum boshidan beri jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelishmoqda. Futbolchilar SSKAga qarshi bahsda boykot qilishi aytilgan edi, ammo ular maydonga chiqishdi. "Ufa"ga qarshi yoshlar chempionati o'yiniga "Anji" avtobusda yo'l oldi.

Oldinroq, "Anji" bosh murabbiyi Magomed Aliev futbolchi va murabbiylar joriy mavsum maosh olmaganini aytgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Anji"da O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com