

"Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman. Alamli mag'lubiyatga uchradik. Birinchi taymda futbolchilarimni umuman tanimadim. Ikkinchi golni o'tkazganimizdan keyingina biz kutgan o'yinni namoyish etishdi. Bu futbol, yana bir bor raqibni tabriklayman", - deb gap boshladi Maqsudov.
- Jamoa so'nggi o'yinlarda birinchi taymni yomon o'tkazmoqda...
- Bugun birinchi taymdek yomon o'yinni bu mavsum ko'rsatmagandik.
- Tomiva markaziy hujumchi hisoblanadi, "Bunyodkor"da qanotda o'ynamoqda...
- Oldingi o'yinlarda Mirahmadov markaziy hujumda yaxshi o'ynayotgandi, shu bois uni o'rtaga qo'ydik.
- Tomiva o'tgan mavsum "Oq-tepa"da yaxshi o'ynagandi, "Qizilqum"da va "Bunyodkor"da o'zini ko'rsata olmayapti. Uni Superliga darajasidagi futbolchi deb hisoblaysizmi?
- Savolingizga o'zingiz javob berdingiz. Tomiva rostdan ham "Oq-tepa"dagi o'yinlarini ko'rsata olmayapti. U yomon o'yinchi emas, keyingi o'yinlarda o'z potencialini namoyish etadi deb umid qilamiz.



