

"Bugun omad bizdan ochiqchasiga yuz o'girdi. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Jamoaning hujum chizig'ida qilgan xatolari oqibatida mag'lubiyatga uchradik. "Sherdor" bugun yaratgan kam sonli vaziyatlaridan birini gol bilan yakunlay oldi. Raqiblarni g'alaba bilan tabriklayman va keyingi turlarda ularga omad tilayman. Biz esa ishlashda davom etamiz", - dedi Jo'raev.



