Shov-shuvlarga boy "Lion" - "Marsel" o'yini qachon qayta o'tkaziladi?

Mirjalol Normatov
30 yanv 2022, 13:13
Fransiya chempionatining 14-turi doirasidagi "Lion" hamda "Marsel" jamoalari ishtirokidagi uchrashuv yakunlanmay qolgandi.

"L'Equipe" xabariga ko'ra, uchrashuv 1 fevral kuni bo'lib o'tadi va unga muxlislar kiritilmaydi.

O'yin 21 noyabr kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo uchrashuvning 2-daqiqasida bosh hakam muxlislarning o'zini tutishi sababli o'yinni to'xtatgandi. O'shanda mezbon muxlislar burchak to'pini amalga oshirish uchun kelayotgan "Marsel" yarim himoyachisi Dimitri Payet tomon shisha idish otishadi va u futbolchining boshiga tegadi.

Yakunda o'yin rasmiylari uchrashuvning to'xtatilishi borasida qaror chiqaradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe