Shotaga qo'shilib Archil Arveladze ham "Paxtakor"da ish boshlaydi

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2017
Archil - Shotaning egizagi. U ham "Hasani" kabi Gruziya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Sobiq futbolchining hisobida 32ta o'yin, 5ta gol bor.

Archil Yevropada "Trabzonspor", "NAK" va "Kyoln" kabi klublarda to'p tepgan.

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, egizaklar nafaqat "Paxtakor" murabbiylar shtabini to'ldirishadi, balki klubning Yevropa tizimida faoliyat olib borishi yo'lida o'z tizimlarini joriy qiladilar. Bularning ichiga baza, akademiya, klub va jamoa kiradi.

Arveladzelarning to'ng'ich farzandi, Revaz ayni paytda "Arveladze Foundation" rahbari sanaladi. Sobiq futbolchi, bugungi kunda Gruziyadagi kam taminlangan istedod egalariga moddiy yordam ko'rsatish bilan mashg'ul.

Shota Arveladze: "O'zbekistonga ketayapman, eng yaxshi taklif aynan shu erdan bo'ldi"



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia