

"Menda Rossiya va Gollandiyadan takliflar bo'lgandi, ammo O'zbekistonga borishga qaror qildim. Faqat rasmiyatchilik qoldi xolos va O'zbekistonda ishlayman.
Menga tushgan eng yaxshi taklif aynan O'zbekistondan bo'ldi. Nima bo'ladi, qanday bo'ladi bilmayman, ammo u yerdagi insonlar bilan yaxshi tanishman", - deydi Arveladze.
Eslatib o'tamiz, Arveladze Toshkentning "Paxtakor" klubiga kelmoqda. Ayni paytda "Paxtakor" O'zbekistonda 16 jamoa orasida 18 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.
Shota Arveladze "AZ Alkmaar", "Kayserispor", "Kasimpasha", "Trabzonspor", "Makkabi Tel Aviv" klublarida murabbiy sifatida ishlagan.
"Ayaks"da gullagan Shota Arveladze "Paxtakor" o'yinida bo'ldi




