Shota Arveladze uch oylik faoliyatidan so'ng "Fatih Karagumruk" bosh murabbiyligidan ketdi

Оқил Абдубарноев
11 mar 2024, 11:29
"Paxtakor" klubidagi faoliyati orqali o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Shota Arveladze Turkiyaning "Fatih Karagumruk" klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

Turkiya chempionatining 29-turida “Trabzonspor”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (5:1) Arveladze iste'foga chiqarildi.

Gruziyalik mutaxassis bundan 3 oy oldin turk klubiga bosh murabbiy etib tayinlangandi va 17 uchrashuvda 6 marta g'alaba qozonib, 8 marta mag'lub bo'ldi hamda 3 uchrashuvda durang qayd etgandi. Murabbiy qo'l ostida bir muddat o'zbekistonlik yarim himoyachi Otabek Shukurov to'p tepdi. 

Shuningdek, Shota Arveladze “Karagumruk” bilan Turkiya kubogi 1/2 final bosqichiga yo'l oldi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: karagumruk.com