Shota Arveladze: “Muxlislarga hujumkor futbol ko'rsatishga urinamiz”

Narzulla Saydullayev
6 may 2018, 10:18
“Paxtakor” bosh murabbiyi 10-turda “Qo'qon-1912” bilan kechadigan uchrashuv xususida fikrlarini aytib o'tdi.

- Biz har bir o'yinga jiddiy hozirlik ko'rmoqdamiz. Mazkur bellashuv ham bundan istisno emas. “Qo'qon-1912”ga qarshi uchrashuv qiyin kechishini bilamiz. Raqib chiroyli futbol namoyish etishni xush ko'radigan jamoa. Ular to'pni nazorat qilish va futbolchilarning individual mahorati yordamida hujumkor o'yin ko'rsatishga urinishadi.

Biz esa doimgidek muxlislarimizga hujumkor futbol namoyish qilishga vada beramiz. Umid qilamanki, stadionda bizni ko'plab ishqibozlar qo'llab-quvvatlab turishadi. Ularning ko'magini hamisha his qilamiz. Uydagi uchrashuvlarni ularning tashrifisiz tasavvur qila olmaymiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz