"Sho'rtan" FK: Aliqulov hali rasman bosh murabbiy bo'lgani yo'q

Narzulla Saydullayev
13 fev 2018, 14:53
Bugun saytimizda sobiq himoyachi Asror Aliqulov G'uzorning "Sho'rtan" klubi bosh murabbiyi bo'lgani haqida xabar chiqdi.

Ushbu xabardan so'ng "Sho'rtan" matbuot xizmati  bosh murabbiy masalasi ko'rib chiqilayotganini saytimizga ma'lum qildi.

Aytishlaricha direktorlar kengashi ayni damda bir nechta mutaxassislarning nomzodini ko'rib chiqmoqda va bu borada hozircha rahbariyat aniq bir to'xtamga kelmagan. Ushbu hafta barchasiga oydinlik kiritiladi. Asror Aliqulovning "Sho'rtan"ga qaytishi haqida gap-so'zlar bor, lekin ayni paytda rasman bosh murabbiy etib tayinlanmagan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia