Shomurodovning vakili Trabukkiga javob qaytardi

Alisher
28 noya 2020, 17:22
"Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodovning vakili hisoblanmish ProSport Management agentligi vakili Qahhor Mo'minov futbol agenti Marko Trabukkining Shomurodov borasidagi fikrlariga javob qaytardi.

"Marko yaxshi menejer bo'lishi mumkin, ammo u futbolni kam ko'radi va unda kam narsani tushunadi. O'zini italiyalik futbol mutaxassisidek tutmoqda. U klubning iste'foga chiqarilgan sobiq direktori.

Eldorda ko'nikish jarayoni ketmoqda, afsuski jarohati sabab 3 haftani o'tkazib yubordi. Kechadan oldin kuni Genuya klubida asosiy tarkibda maydonga tushdi, yaxshi o'ynadi va Skamakkaning goliga sababchi bo'ldi. Jamoa muhim o'yinda g'alaba qozondi. Hammasi joyida, u italyan tilini o'rganmoqda. Umuman barchasi rejaga muvofiq ketmoqda.

Roma Eryomenko esa ajoyib futbolchi va "Rostov"da Eldorga ko'p yordam bergan. Ammo afsuski u Shomurodovga atigi ikkita golli uzatma  (Eryomenko - Trabukkining mijozi) bergan", - deydi Mo'minov.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport24.ru