Shomurodovning transferi "Atlanta"ga taxminan qanchaga tushishi ma'lum

Khoja
14 avg 2024, 09:28
MLS vakili "Atlanta Yunayted" Eldor Shomurodovga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Roma" o'z hujumchisining transferidan 7-9 million evro ishlab olmoqchi. Hozircha muzokaralar davom etmoqda.

Eslatib o'tamiz, Shomurodovning "Roma" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U o'tgan mavsum ijara asosida "Kalyari"da o'ynadi. "Kalyari" safida barcha musobaqalarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

MLSda transfer oynasi qachon yopiladi? "Atlanta"ning Shomurodovni qo'lga kiritish uchun juda kam vaqti qoldi

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Calciomercato