Shomurodovning sobiq jamoasi B Seriyaga tushib ketdi

Eldor Akmurzayev
16 may 2022, 08:45
A Seriya 37-turida “Napoli” 3:0 hisobida “Jenoa”ni mag'lub etdi.

Genuyaliklar oxirgi tur oldidan quyi divizionga tushib ketishi aniq bo'ldi. “Jenoa” 15 yil ichida ilk bora B Seriyaga pastladi. Umuman jamoa o'z tarixida 9-marotaba A Seriyani tark etdi.

“Jenoa” 28 ochko bilan 19-o'rinda borayotgan edi. Avvalroq, “Veneciya” ham A Seriyani tark etishi ma'lum bo'lib ulgurgandi.

Eslatib o'tamiz, Eldor Shomurodov 2020 yil oktyabrida “Rostov”dan 7,5 evro evaziga “Jenoa”ga transfer bo'lgan va jamoa bilan 2024 yil yoziga qadar shartnoma imzolagandi. 2021 yil avgustda esa “Roma” o'zbekistonlik forvardni 17,5 mln evroga xarid qildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia