RPL. Shomurodovning penalti ishlagani "Rostov"ga amaldagi chempion ustidan g'alabani taqdim etdi

Eldor Akmurzayev
19 may 2019, 22:50
Rossiya chempionatining 29-turida Rostov o'z maydonida amaldagi chempion Zenitni qabul qilib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvning 67-daqiqada Eldor Shomurodov ishlagan penaltini Ivelin Popov aniq amalga oshirib, rostovliklar uch ochko taqdim etdi. Qayd etish joizki, O'zbekiston MTJ forvardi o'yinni to'liq o'tkazdi.

Rostov – Zenit 1:0

Rostov-Arena stadioni.

Gol: 1:0 – 67, penalti Popov.

Rostov – Pesyakov, Logashov, Sigurdsson, Pliev (Glebov, 38), Chernov, Zaynutdinov (Gackan, 71), Kalachev (SHHadin, 45), Normann, Popov, Xadjikadunich, Shomurodov.

Zenit –  Kerjakov, Mammana, Netu, Nabiullin, Smolnikov, Ernani, Musaev (Eroxin, 71), Rigoni, Kranevitter (Ozdoev, 74), Anyukov, Zabolotnyy (Mak, 65).

Ogohlantirishlar: Glebov (56), Mammana (66), Rigoni (70), Nabiullin (90).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia