Shomurodov "Roma" tarkibida KL doirasidagi o'yinda ikkita assist qayd etdi. U klub safida 6ta o'yinda 5 (1+4) ochko jamg'ardi

Alisher
17 sen 2021, 10:10
"Roma" Konferenciya Ligasi guruh bosqichi 1-tur doirasidagi SSKA (Sofiya) (5:1)ni mag'lubiyatga uchratdi.

Hujumchi Eldor Shomurodov o'yinda ikkita assist qayd etdi. U 38-daqiqada Stefan El Shaaravi, 84-daqiqada esa Temmi Abraxamning goliga yordam berdi.

O'zbekiston terma jamoasi forvardi rimliklar tarkibida 6ta o'yinda "gol+pas" tizimi bo'yicha 5 (1+4) ochko jamg'ardi.

O'xshash yangiliklar

AlisherMuallif
Manba: championat.asia