Shomurodov "Oltin butsa" uchun kurashda Ronaldu, Sterling va Obameyyangdan tepada

Aslanov Jasurbek
7 okt 2019, 14:45
O'tgan haftaning oxirida Yevropaning deyarli barcha chempionatlarida tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvlar doirasida "Rostov" ham Rossiya Premer-ligasidagi 12-tur bahsini o'tkazdi. Moskvada SSKAga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvda rostovliklar 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. Ushbu bahsda "Rostov" sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov 1ta gol urib, yana bitta golga assistentlik qildi. Ushbu goldan so'ng Shomurodov "Krilya Sovetov" forvardi Aleksandr Sobolev bilan birinchi o'rinni bo'lishib turibdi. Ikkala futbolchida 10tadan gol mavjud.

Yevropa "Oltin butsa"si uchun kurashda Shomurodov 21-o'rinni egallab turibdi. Shunday qilib, Eldor jadvalda Yevropaning grand jamoalarida to'purar bo'lib turgan Chiro Immobile, Krishtianu Ronaldu, Per-Emerik Obameyyang, Raxim Sterlinglardan yuqorida.

"Oltin butsa" jadvali
O'rinFutbolchiKlubGollar soniGol uchun ochkoOchko
1Erik Sorga"Flora"27127
2Robert Levandovski"Bavariya"11222
9Erling Xolland"Zalcburg"111.516.5
16Temmi Abraxam"Chelsi"8216
17Serxio Aguero"Manchester Siti"8216
19Aleksandr Sobolev"Krilya Sovetov"101.515
21Eldor Shomurodov "Rostov"101.515
25Chiro Immobile"Lacio"7214
27Per-Emerik Obameyyang"Arsenal"7214
46Karim Benzema"Real"6212
47Duvan Sapata"Atalanta"6212
48Raxim Sterling"Manchester Siti"6212
98Pako Alkaser"Borussiya" D5210
100Andrea Belotti"Torino"5210

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: transfermarkt.com