Shomurodov jamoasining "Torino"ga qarshi o'yini koronavirus tufayli ko'chirildi

Alisher
1 okt 2020, 18:46
Italiya chempionati 3-tur doirasidagi "Jenoa" - "Torino" o'yini ko'chirildi.

Bunga sabab sifatida Genuya klubi tarkibidagi futbolchilarning koronavirusga chalinganidir.

Oldinroq, "Jenoa" xabar berganidek, jamoaning 11 o'yinchisi, shuningdek 4 nafar klub xodimlari koronavirusga musbat test topshirishgan. O'yin 3 oktyabrda bo'lib o'tishi kerak edi.

Eslatib o'tamiz, "Rostov" yaqinda Eldor Shomurodovning "Jenoa"ga o'tganini rasman e'lon qilgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/TorinoFC_1906