Shomurodov - A Seriyada asosiy tarkibda maydonga tushayotgan ilk o'zbekistonlik!

Mirjalol Normatov
19 okt 2020, 23:25
Bugun A Seriya 4-turi doirasida "Verona" - "Jenoa" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Oldinroq "Jenoa" matbuot xizmati jamoaning asosiy tarkibini e'lon qildi va undan Eldor Shomurodov ham o'rin oldi.

Qayd etish kerak, Eldor A Seriyada asosiy tarkibda debyut qiladigan ilk o'zbekistonlikka aylanmoqda.

Bunga qadar A Seriyada o'ynagan Ilyos Zeytullaev 2004/05 yilgi mavsumda "Rejina" tarkibida "Yuventus" hamda "Inter"ga qarshi o'yinlarda zaxiradan maydonga tushirilgan.

"Verona" - "Jenoa" uchrashuvi saytimiz orqali matnli translyatsiya qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia