Shkrinyar "Yuventus" bilan kelishib qo'ydi

Omonjon To`xtamirzayev
26 noya 2024, 10:44
PSJ himoyachisi Milan Shkrinyar "Yuventus"ga o'tishga yaqin turibdi.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi Turin klubi bilan og'zaki kelishuvga erishgan. 

Endi "Yuventus" PSJ bilan transfer bo'yicha muzokaralarga kirishadi. Turinliklar o'z futbolchilarini kelishuvga qo'shib, Shkrinyarning transferi uchun narxni tushirish niyatida.

Eslatib o'tamiz, Milan Shkrinyar PSJdagi holatidan norozi va Italiyaga qaytish haqida o'ylayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal