Shik "Yuventus" safida tibbiy ko'rikdan o'tmoqda

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2017
"Sampdoriya" va Chexiya terma jamoasi hujumchisi Patrik Shik "Yuventus"ga o'tishga yaqin turibdi.

22 iyun kuni futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Turinga yetib keldi.

Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, "Yuventus" 21 yoshli chex uchun 25 mln. evro to'laydi. Kun oxirigacha Patrik Shik transferi haqida e'lon qilishlari kerak.

Shik so'nggi mavsum A Seriyaning 32 ta uchrashuvida maydonga tushib, 11 ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com