Shifokor: "Pike 6-8 oyni o'tkazib yuborishi mumkin"

Mirjalol Normatov
23 noya 2020, 14:16
Ispaniyadagi eng yaxshi travmatologlardan biri Pedro Luis Ripol "Barselona" himoyachisi Jerar Pikening jarohati haqida gapirdi.

33 yoshli ispaniyalik LaLiga doirasida "Atletiko"ga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi. Uning jarohati qisman tizzasining oldi bog'lam qismi va yon tomondagi ichki bog'lamning uchinchi qismi bilan bog'liq. Oldinroq uning 3-5 oyni o'tkazib yuborishi mumkinligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

"Bu jiddiy jarohat. Bu yerda ikkita muhim jihatni inobatga olish kerak: birinchisi - yon tomondagi ichki bog'lam butunlay  sinib ketgan, ikkinchisi xochsimon bog'lam jiddiy zararlangan. Birinchisi bo'lsa ortopedik yo'llar bilan davolasa bo'ladi, ikkisi ham bo'lsa - juda yomon.

Uning safga qaytishi - oldingi xochsimon bog'lamning tiklanishiga bog'liq. Agarda tizzada barqarorlik va chidamlilik bo'lmasa, tiklanish davri 6-8 oygacha cho'zilishi mumkin.

Agarda davolanish faqatgina yon tomondagi bog'lamni tuzatish bilan o'tsa, uch yarim oyda Pikeni safga qaytarsa bo'ladi", - dedi vrach.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca