

Futbolchi PSJga qarshi uchrashuvning boshida jarohat tufayli maydonni tark etgan edi.
"Marselo kabi futbolchi oddiy og'riq tufayli maydonni tark etmaydi. Futbolchi jarohat olganini tushunayotgan bo'lsa kerak. Ayni damda jarohatning qanchalik og'irligi haqida gapirish qiyin. Biroz kutib, keyinroq futbolchining oyog'ini tekshirish lozim, ammo fikrimcha, u to'rt hafta maydonga tusha olmaydi va "Barselona"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi" - deydi Gonsales.



