Shevchenko Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida qoldi

Aslanov Jasurbek
6 noya 2017, 22:17
Ukraina futbol federatsiyasida navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazilib, unda terma jamoa bosh murabbiyi masalasi qayta ko'rib chiqildi.

Yig'ilishda bosh murabbiy Andrey Shevchenkoning hisoboti tinglandi. Sheva terma jamoaning JCH-2018 final bosqichiga chiqa olmaganida aybi borligini tan olar ekan, o'ziga yarasha o'z ish faoliyatida o'sishga erishganini ham urg'uladi.

Tadbir yakunida Ukraina FF tomonidan bosh murabbiy bilan hamkorlik davom ettirilishi e'lon qilindi. Sobiq afsonaviy hujumchiga bir ovozdan ovoz berildi. Shevchenko 2016 yilda “2+2” ko'rinishidagi shartnomaga imzo chekkan edi. Endi u terma jamoani Evro-2020ga tayyorlaydi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football.ua