Shevchenko shartnomasini uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2018, 09:40
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko Ukraina futbol federatsiyasi bilan shartnomani uzaytirdi.

Shevchenko shtabiga kiruvchi murabbiylar Andrea Maldera, Pedro Luis Yaro Reguero va Mauro Tassotilar ham milliy jamoadagi ishini davom ettirishadi.

Shevchenko 2016 yilda Ukraina terma jamoasi ustoziga aylangan edi. Kievning "Dinamo" klubi sobiq hujumchisi jamoani Rossiyadagi jahon chempionatiga olib chiqolmadi. Endi Shevchenko jamoani Evro-2020ga tayyorlaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com