

U dastlab o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugun Turon jamoasi ham o'zining yaxshi jamoa ekanligini ko'rsata oldi. Autsayder degani bu raqib jamoaga bemalol ochko beradi, degani emas. Bugun juda ham qiyin o'yin bo'ldi. 1-bo'limda vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda 2-3 ta vaziyatdan to'g'ri foydalandik va g'alaba qozondik.
- Nima deb o'ylaysiz, ushbu uchrashuvda Paxtakor o'zining maksimal kuchini ko'rsatdimi?
- Andijondan qaytganimizdan so'ng tiklanish qiyin bo'ldi. Endi yana muxlislarni g'alabalar bilan xursand qilishda davom etamiz.
- Andijon bilan o'yindagi mag'lubiyatni tasodif deyish mumkinmi?
- Tasodif? O'sha o'yinda ham vaziyatlar bo'ldi. Lekin ulardan unumli foydalana olmadik. Shuni hisobiga yutqazdik. Ular o'z vaziyatidan foydalanib, g'alaba qozonib ketishdi.

- Ushbu o'yinda Paxtakor ikkinchi bo'limni biroz kuchsizroq boshladi va shuning evaziga Turon gol urib ketdi...
- Bu charchoq bilan bog'liq.
- Charchoq bilanmi? Murabbiyning tanaffusdagi ko'rsatmasi qanday edi? Yani himoyaviy o'yin ko'rsatish haqida...
- Yo'q, bizda hech qachon himoyaviy o'yin bo'lmagan. Faqat hujumkor futbol ko'rsatishga harakat qilamiz.
Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Sherzod Temirovning fikrlarini xususida Paxtakor jamoasi bosh murabbiyi Piter Xyuistradan izoh so'radik.

"Turonning o'zgarishlari bevosita bizning o'yinimiz o'zgarishiga olib keldi. To'liq hududlarni yopgan holatda hujum qilishning imkoni yo'q. Juda qiyin. Jismoniy tomondan muammo yo'q. Futbolchilar juda yaxshi holatda", - dedi Xyuistra.



