

Oliy liga hakamlaridan biri Sherzod Qosimov Falastinda bo'lib o'tayotgan "E" guruhi o'yinlariga taklif etilgan. Bu guruhda Falastin bilan birga Iordaniya, Tojikiston va Bangladesh U-22 jamoalari kurash olib bormoqda.
Sherzod Qosimov kecha bo'lib o'tgan Iordaniya - Bangladesh uchrashuvini boshqarib bordi. O'yin 7:0 hisobida iordaniyaliklar foydasiga hal bo'ldi. Unga qanotlarda yana bir hamyurtimiz Andrey Sapenko bilan turkmanistonlik Polvonbek Polvonov yordam berishdi.
50ta odam kuzatib borgan o'yinni Qosimov yaxshi boshqardi. U Iordaniyaning ikki, Bangladeshning bir nafar futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatdi.



