Sherzod Karimov: "Jismoniy holatimiz asta-sekin optimal holatga chiqib boradi"

15 mar 2016, 23:37
"Paxtakor" - "Traktorsozi" (1:0) uchrashuvidan so'ng "sherlar" vingeri Sherzod Karimovning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.


- Biz bu bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. "Traktorsozi" jismoniy jihatdan kuchli jamoa ekanligini bilardik. Shunga yarasha ularga kerakli chorani ko'rdik va g'alaba qozondik. Mavsum endi boshlandi. Shu bois asta-sekin o'z jismoniy holatimizni yaxshilab boramiz va o'yinimizni ham yanada kuchaytiramiz. Imkon qadar tezroq optimal formaga kirib olishga harakat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia