⚡️Sherzod Esanov tez orada Rossiya klubiga transfer qilinadi

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2024, 18:45
"Andijon" yarim himoyachisi Sherzod Esanov tez orada legionerga aylanadi.

Rossiya premer-ligasi debyutanti "Akron" klubi shu kunlarda Sherzod Esanov bilan shartnoma tuzadi. Takidlash lozimki, "Akron" futbolchini "Andijon"dan sotib oladi. Transfer summasi bir necha yuz ming dollar ekani aytilmoqda.

"Andijon" qishda Rubin Xebayni Saudiya Arabistoni klubiga 225 ming dollarga transfer qilgandi. Endi esa Esanovning transferi amalga oshishi arafasida. Bu "Andijon" klubining transferlarga muhim ahamiyat berayotganidan darakdir.

Bir necha kun avval saytimiz Esanovning "Akron"ga o'tishi mumkinligi haqida xabar bergandik


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia