

"Agar "Siti"ga bir tegish bilan o'ynaydigan futbolchi kerak bo'lsa Kerrikni xarid qilishsin. Maykl to'p bilan ko'p o'ralashmaydi, u shunchaki tezroq yaxshi uzatma berishga intiladi. Kerrik - to'pga egalik qilishni istaydigan APLning har bir klubi uchun birinchi variant.
"Siti"da Fernando va Fernandino bor - ular yaxshi futbolchilar, ammo bu o'yinchilar Kerrikdek o'ynay olmaydi.
Pep Gvardiolaning "Barselona"sida Serxio Buskets bor edi, "Bavariya"da esa bu ish bilan Xabi Alonso shug'ullangan. Kerrik - xuddi shunday futbolchi. Agar u MLSga o'tmasa, "Siti" uni xarid qilsa kerak" - deydi Shervud.



