

“Ijobiy natija uchun barcha ishni qilamiz. “Real”dek kuchli raqibga qarshi tura olamiz deb umid qilaman. Ayrim yo'qtotishlar bor, ammo o'ylashimcha, biz tayyormiz. Uchrashuv hammasini ko'rsatadi.
Kichik, lekin chiroyli Tiraspol shahri jamoasimiz, ammo biz allaqachon “Sherif” futboldagi nom ekanligini isbotlay olganmiz. Chempionlar Ligasi guruh bosqichida munosib qatnashmoqdamiz, grandlar bilan raqobatlashmoqdamiz, chiroyli gollar urmoqdamiz.
Bu bir umrga qalbimda qoladi. Yigitlar uchun esa bu o'z karerasiga yordam berish va Yevropaning yirik klublariga o'tish uchun ajoyib imkoniyatdir”, deydi Vernidub.



