Shensni "Barsa"ga o'tishni xohlamaganini va bunga uni rafiqasi majbur qilganini aytib berdi

Administrator
7 okt 2025, 23:20
Darvozabon faoliyatini yakunlaganidan so'ng yana futbolga qaytishni istamagan.

Voychex Shensni "Barselona"ga o'tishiga rafiqasi qattiq turib olganini tan oldi. Polshalik darvozabon o'tgan mavsumda kataloniyaliklar safiga qo'shilib, faoliyatini qayta davom ettirdi.

"Ota bo'lish, shubhasiz, mening hayotimdagi eng muhim vazifadir. Uni qanchalik yaxshi uddalayotganimni bilmayman, buni xotinim va bolalarimdan so'ragan maqul. Bu men o'ynagan eng qiyin o'yin, lekin u eng katta mamnuniyat keltiradi.

Futbolga qaytish va "Barselona"da o'ynash men uchun aniq tanlov emas edi. Men bunday qilishni istamasdim. Men nihoyat uy ishlariga yordam beradigan va o'zini ota sifatida to'liq namoyon qiladigan insonga aylanishga tayyorlanayotgan edim. Ammo xotinim oyoq tirab turib oldi.

U buni men uchun ajoyib imkoniyat deb bilganmi yoki shunchaki meni uydan chiqarib yubormoqchi bo'lganmi, hozirgacha bilmayman. Qanday bo'lmasin, u buni uddaladi va men undan juda minnatdorman," - dedi Shensni.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sport.pl