Shelvi: "Balki, hozirda "Liverpul" uchun qahramondirman"

Mirjalol Normatov
1 dek 2019
"Nyukasl" yarim himoyachisi Jonjon Shelvi APLning 14-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi bahs haqida to'xtaldi.

Uchrashuvning 88-daqiqasida futbolchi o'z goli bilan "shaharliklar"ni 2 ochkodan mahrum qildi.

"Hozirda, balki, "Liverpul" uchun qahramondirman. Biroq men bu gol faqatgina "Nyukasl"ga kerak deb hisoblayman. Xavfli hududdan uzoqlashish uchun yana bir qancha ochkolar zarur", - dedi Shelvi.

Ushbu durangdan keyin "Siti" va "Liverpul" o'rtasidagi farq 11 ochkoni tashkil etmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal