Shayx Salmon: Infantino FIFAda kerakli islohotlar o'tkaza oladi

Aziz Tukhtamuradov
27 fev 2016, 21:50
Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa FIFAning yangi prezidenti Janni Infantinoni qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi.

"Osiyo futbol konfederatsiyasi FIFA hamda Infantino bilan hamkorlik qilmoqchi. Biz butun dunyoda futbolga bo'lgan ishonchni tiklamoqchimiz. Osiyoda futbol katta templarda rivojlanmoqda. Bizda alohida dastur bor. Futbol hozirda birlashuvlarga muhtoj. Infantinoga ishonaman. U kerakli islohotlarni o'tkaza oladi", - deydi saylovlarda mag'lub bo'lgan OFK prezidenti.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Lefigaro.fr