

Unga ko'ra, transferlar oynasining so'nggi kuni jamoa a'zosiga aylangan Vitao hamda Evgeniy Konoplyanka endilikda “Shaxtyor” bilan YCHLning guruh bosqichida ishtirok etishi mumkin. Ikkala futbolchi ham ro'yxatga kiritilgan.
Ma'lumot uchun, “Shaxtyor” guruh bosqichida “Manchester Siti”, “Dinamo Zagreb” hamda “Atalanta” bilan kurash olib boradi.



