Shavkat Salomov Irtish bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2014, 13:17
Bugun Qozog'istoning Irtish klubi ikkinchi xorijiy yig'inni boshladi.
10 fevralga qadar davom etadigan bu yig'in doirasida jamoa to'rtta nazorat uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirgan.

Irtish rahbariyati Sergey Ivanov, Vladislav Chernishov, Kamoliddin Murzoev (O'zbekiston) va Almir Muxutdinov bilan shartnomalarni uzaytirdi. Ko'rikda bo'lgan Yakub Xleboun va Shavkat Salomov (O'zbekiston) bilan shartnoma tuzilgan.

Eslatib o'tamiz, bu jamoa safida Ulug'bek Baqoev ham to'p tepmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.kz