

"Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidan oldingi oxirgi o'yinidamiz. O'z uyimizda o'ynaymiz. Shunday ekan, g'alaba qozonish uchun kuchli tayyorgarlik ko'rdik. Nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.
Men tashkilotchilarga ishonaman. Biz tashkilotlar va tuzilmalarni yaratamiz... bu mening dunyoqarashim... ular hayotning eng oliy tamoyillari va qadriyatlarini maqsad qilishi kerak. Meni tashvishlantiradigan narsa faqat o'zimiz nazorat qila oladigan jihatlardir. Biz nazorat qila oladigan jihat - o'yinimiz. Bo'lajak bellashuvda nimalar qila olishimiz muhim ahamiyatga ega. Xuddi o'tgan o'yindagi kabi.
Keyingi o'yin ertaga. Bu o'yinda qo'limizdan kelganini qilamiz. Natija qanday bo'lishini bilmaymiz. Shunday ekan, ertangi natijaga qarab, boshqa o'yinlardagi natijalardan biror narsa kutishimiz mumkin. Lekin shunga ishonamanki, men halol bo'lganimdek... men o'zim halolman, demak... hamma halol bo'lishi kerak. Hayot shunday ekanligiga ishonaman", dedi 60 yoshli mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Joze Moraish guruh bosqichining so'nggi tur o'yinlari bir vaqtda boshlanmasligi yuzasidan Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga noroziligini bildirgandi.



