Sharhlovchi: "Agar Vegorst maydonda bo'lsa, MYU o'n kishi bo'lib o'ynaydi"

Aslanov Jasurbek
20 fev 2023, 23:59
Angliyalik sharhlovchi Richard Kiz "Manchester Yunayted" hujumchisi Vaut Vegorst o'yiniga baho berdi.

"Agar Vegorst maydonda bo'lsa, MYU bahsning katta qismida 10 kishi bo'lib o'ynaydi. Fikrimcha, u asosiy tarkibda bo'lish uchun etarlicha harakat qilmayapti, to'g'rimi? Bu rostku!" - deydi sharhlovchi.

Niderlandiya terma jamoasi forvardi yanvar o'rtasida "Byornli"dan "Manchester Yunayted"ga ijara asosida o'tgan edi. U MYUning 10ta uchrashuvida ishtirok etib, 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror