Shakiri tanqidga javob berdi

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2018
"Liverpul"ning yangi futbolchisi Sherdan Shakiri "Stok Siti"da bor kuchi bilan o'ynamagani haqidagi tanqidga javob berdi.

Oldinroq, "Stok Siti" yarim himoyachisi Charli Adam hamda "Manchester Yunayted" sobiq futbolchilari Fil va Garri Nevillar shveytsariyalikni tanqid qilgan edi.

"Ular "Manchester Yunayted" futbolchilari bo'lishgan va "Liverpul"ni yoqtirishmaydi. Aniq bilmayman, ammo sabab shunda bo'lsa kerak. Bazilarga yoqasan, bazilarga esa yo'q, ammo o'zim tanimaydigan insonlar so'zlariga izoh bermoqchi emasman. Ko'rsatkichlarim men uchun gapiradi.

O'tgan mavsum gol va uzatmalar bo'yicha eng yaxshi bo'ldim. Vijdonim toza" - deydi Shakiri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian