Shakiri "Bazel"ga "Manchester Yunayted"ning kuchsiz tomonlari haqida aytib berdi

Aslanov Jasurbek
11 sen 2017, 16:44
"Bazel" sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Stok Siti" sharafini himoya qilayotgan Shyerdan Shakiri sobiq jamoasiga "Manchester Yunayted"ning kuchsiz tomonlari haqida aytib berdi.

Shveytsariya va ingliz jamoalari Chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk turida uzaro uchrashuv o'tkazishadi.

"Bazel" birinchi navbatda qo'rqmasdan o'ynashi kerak. 90 daqiqada mag'lub bo'lishdan xafa bo'lmaslik kerak. MYUning hujum chizig'i juda kuchli. "Manchester Yunayted"ning kuchsiz tomoni - himoya. Biz buni ko'rsatib berdik. Agar siz tez va qo'rqmasdan o'ynasangiz, himoyachilarda muammo paydo bo'ladi.

Mourinyo. Mourinyo, odamlar u haqida nima o'ylashiga e'tibor bermaydi. Taktik "tulki". U jamoani qanday ruxlantirishni biladi.

"Bazel"ga qiyin bo'ladi, buning ustiga o'yin "Old Trafford"da bo'ladi. Tavakkal qilish kerak. Himoyadan o'ynashning o'zi etarli bo'lmaydi" - deydi Shakiri.

"Manchester Yunayted" - "Bazel" uchrashuvi  12 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Blick