​​Shakiri: "Men uchun mukammal kun bo'ldi"​

16 dek 2018, 23:30
"Liverpul" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining qahramoni fantastik o'yinidan so'ng, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun men uchun mukammal kun bo'ldi. Klub tarixidagi eng yaxshi startni amalga oshirdik. Shu yo'sinda davom etishimiz kerak. Agar shu maqsadizimizga erisha olsak, mavsum yakunida unutilmas onlarga ega bo'lamiz", - deya fikr bildirdi Jyerdan Shakiri.

Eslatib o'tamiz, Shveytsariyalik yarim himoyachi ikkinchi bo'limning o'rtalarida zaxiradan maydonga tushib, 114 soniya ichida dastlabki golini urdi. Oradan 7 daqiqa o'tib, dublni rasmiylashtirdi va jamoasiga muhim g'alabani keltirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/LFC