Shakiri: "Liverpul" Parijga g'alaba uchun boradi"

Aslanov Jasurbek
26 noya 2018
"Liverpul" hujumchisi Shyerdan Shakiri PSJga qarshi bo'ladigan Chempionlar ligasi uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

Bahs 28 noyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi.

"Bosh murabbiy kimlarni maydonga tushirishini bilmaymiz, ammo hammamiz o'yinga tayyor bo'lishimiz kerak. Parijda o'tadigan uchrashuv qiyin bo'ladi. Biroq bizda o'zimizni ko'rsatish uchun imkoniyat bo'ladi. Parijga g'alaba uchun boramiz" - deydi Shakiri.

"Liverpul" joy olgan Chempionlar ligasi "C" guruhidagi jadval bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: liverpoolfc.com